Yangiliklar
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihasi doirasida Xitoydan quyosh panellari yuklangan 50 ta konteynerdan iborat birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi
  • 02.02.2024
  • 111

Kecha, 3-avgust kuni Xitoyning “China Gezhouba Group Investment Company Co. LTD” kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 1 000 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida “Longi” kompaniyasining ilk 20 MVt quvvatli quyosh panellarini O‘zbekistonga jo‘natishga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 

 

Unda Xitoyning Shensi provensiyasi gubernatori Gan Chjao, “China Energy Engineering Corporation" kompaniyasi vitse-prezidenti Syaxua Chen, , “Longi” kompaniyasi boshqaruvi raisi Baoshen Chjun, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J.Mirzamahmudov va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
 

 

Marosimda joriy yilning fevral oyida Energetika vazirligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida “China Gezhouba Group Investment Company Co. LTD” kompaniyasi bilan erishilgan kelushuvlar natijasida joriy yilning aprel oyida Qashqadaryo va Buxoro viloyatilarida umumiy quvvati 1 000 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitimi imzolangani ta’kidlandi.
 

 

Ushbu loyihalar doirasida joriy yilning iyun oyida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 1 000 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi qurishilishiga start berilgan edi. Ushbu loyihalar doirasida 3-avgust kuni Xitoyning Siyan shahridan “Longi” kompaniyasining ilk 20 MVt quvvatli quyosh panellari O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natildi.
 

 

Har bir loyiha doirasida dastlabki 200 MVt quvvatlar joriy yil yakuniga qadar yagona elektr tarmog‘iga ulanadi va 2024-yil sentabrda to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.

Loyihalarni amalga oshirish natijasida yiliga 2,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, 600 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinib, atmosferaga 1 ming 34 tonna zararli gazlar chiqarilishi oldi olinadi.
 

 

Ma’lumot uchun: Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ-190 va PQ-191-son qarorlari imzolandi.




O‘zbekiston Respublikasi
Enregetika vazirligi Axborot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/3141

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>