Yangiliklar
Diqqat, e’lon! 29–31-yanvar kunlari 10 kVli "Jayron-1'' va "Jayron-2" fiderlariga ulangan iste’molchilar elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin
  • 26.01.2024
  • 110

«O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi «Qashqadaryo MET» filiali tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ–191-sonli qarori asosida Nishon tumanida yangi qurilayotgan 500 MVt quvvatli quyosh fotoelektrstansiyasi hamda Talimarjon IESning 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasini bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog’ining (loyihaga asosan L-33-6-1-220 kV elektr uzatish tarmog’i) tayanch ustunini almashtirish ishlarini xavfsiz bajarish uchun GRES-110/10 kVdan chiquvchi  "Jayron-1" (10 kV) hamda "Jayron-2" (10 kV) liniyalari 2024-yil 29–30–31-yanvar kunlari qisqa muddatga (3 soatdan oshmagan vaqtda) tarmoqdan uzib turilishi mumkin.

⚡️ Yuzaga kelgan texnik-muhandislik holati uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

«Qashqadaryo MET» filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>