Yangiliklar
Diqqat, e’lon! F.Jayron-1 (10 kV) hamda F.Jayron-2 (10 kV) liniyalari qisqa muddatga tarmoqdan uzib turiladi
  • 25.01.2024
  • 70

«O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi «Qashqadaryo MET» filiali tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ–191-sonli qarori asosida Nishon tumanida yangi qurilayotgan 500 MVt quvvatli quyosh  fotoelektrstansiyasi hamda Talimarjon IESning 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilimasini bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli elekt uzatish havo tarmog’ining (loyihaga asosan L-33-6-2-220 kV elektr uzatish tarmog’i) 2-ustunini almashtirish ishlarini xavfsiz bajarish uchun GRES-110/10 kVdan chiquvchi F.Jayron-1 (10 kV) hamda F.Jayron-2 (10 kV) liniyalari 2024-yil 25-yanvar kuni qisqa muddatga (2 soat) tarmoqdan uzib turiladi.

⚡️ Ishchi-xodimlarning mehnat xavfsizligini ta’minlash zaruruyati barobarida yuzaga kelgan texnik-muhandislik holati uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

⚡️ 220 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog’ida rejalashtirilgan ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi.

✍️ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>