Yangiliklar
2023-yil SARHISOBI. 4-sonli: Kapital qurilish boshqarmasi faoliyati
  • 16.01.2024
  • 147

Maʼlumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘zining bir qator vazifalari amalga oshirish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, obyektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi uchun yillik va istiqbolli elektr tarmoqlarining qurilish dasturlarini ham amalga oshiradi.

Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Kapital qurilish boshqarmasi magistral elektr tarmoqlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, mazkur boshqarma “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxona va bo‘linmalaridan loyihaning bajarilishini nazorat qilish jarayonida pudratchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini, zarur bo‘lganda, shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni taqdim etishni talab qiladi.

Ushbu amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalari hamda Shaharlararo norma qoidalari, xavfsizlik qoidalari va boshqa normativ hujjatlari asosida olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qaroriga asosan 2023-yil davomida “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan umumiy loyiha qiymati 1 346,3 mln dollarga teng bo‘lgan 17 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan. Hukumat komissiyasining 2023-yil 28-dekabrdagi yig‘ilishi 120-sonli bayoniga asosan investitsiya loyihalar doirasida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2023-yilda jami 158,7 mln dollar miqdoridagi investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Jumladan:

  ♦  davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lari hisobidan – 92,3 mln dollar;

  ♦  boshqa xorijiy investitsiyalar – 31,2 mln dollar;

  ♦  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘z mablag‘lari hisobidan – 35,2 mln dollar.

Xususan, 2023-yil yanvar-dekabr oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 165,7 mln dollar miqdorida investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, reja 104,4 foizga bajarildi. O‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,4 foizni tashkil etadi.

Shundan, davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lari hisobidan 93,65 mln dollar (92,35 mln dollar rejaga nisbatan 101,4 foiz), boshqa xorijiy investitsiyalar 31,2 mln dollar (31,2 mln dollar rejaga nisbatan 100,0 foiz) va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ AJ o‘z mablag‘lari hisobidan 40,88 mln dollar (35,2 mln dollar rejaga nisbatan 116,15 foiz).

2023-yilda 3 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilishi belgilangan. Jumladan:

  ♦  Jahon banki kredit mablag‘lari ishtirokidagi “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” doirasida KRUE loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlandi tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi;

  ♦  Soha mablag‘lari ishtirokidagi “Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida 500 va 220 kV kuchlanishli havo tarmoqlariga ulash” loyihasi. Ushbu obyektning ishchi hayʼat dalolatnomasi rasmiylashtirildi;

  ♦  “G‘uzor” va “Amir Temur” podstansiyalari oralig‘ida 220 kV havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi. Ushbu obyektning ishchi hayʼat dalolatnomasi rasmiylashtirildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes subyektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda.

Xususan, 2023-yilda investitsiya loyihalari doirasida 7 podstansiyalarda jami 1452,3 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.

Jumladan:

Toshkent shahri – 75 MVA (“Yuksak” podstansiyasida 75 MVA);

Toshkent viloyati – 125 MVA (“Chirchiq” podstansiyasida 125 MVA);

Surxondaryo viloyatida – 125 MVA (“Sherobod” podstansiyasida 125 MVA);

Andijon viloyatida – 125 MVA (“Saroy” podstansiyasida 125 MVA);

Farg‘ona viloyatida – 200 MVA (“Sokin” podstansiyasida 200 MVA);

Navoiy viloyatida – 600 MVA (“Tomdi” podstansiyasida 600 MVA);

Qashqadaryo viloyatida – 202,3 MVA (“Qarshi” podstansiyasida 202,3 MVA).

Shuningdek, 2023-yil yakuni bo‘yicha quyidagi uzunlikka ega magistral elektr tarmoqlari qurildi, jumladan:

  ♦  “Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish” loyihasi doirasida I bosqichda 13,9 km havo tarmog‘i ishga tushirildi.

  ♦  “Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish” doirasida I bosqichda 14,9 km havo tarmog‘i ishga tushirildi.

  ♦  “Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida 500 va 220 kVli havo tarmoqlariga ulash”loyihasi doirasida 23 km havo uzatish tarmog‘i ishga tushirildi.

“O‘zbekiston MET” AJ kapital qurilish boshqarmasi va Magistral elektr tarmloqlari filiallardagi kapital qurilish bo‘limlari bilan birgalikda 2023-yilda asosiy fond qiymati 541,2 mlrd. so‘mlik bo‘lgan loyihalar yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Jumladan:

  ♦  Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 110/10 kV “DNS-2” podstansiyasini 220/110/10 kV o‘tkazish – 27,9 mlrd. so‘m;

  ♦  Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstuksiya qilish (Faza-I) – 363,6 mlrd. so‘m;

  ♦  Navoiy IESdan “Ximiya” podstansiyasi oralig‘ida 220 kVli havo tarmog‘ini kurish – 5,6 mlrd. so‘m;

  ♦  Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan o‘tkazilgan podstansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish – 1,5 mlrd. so‘m;

  ♦  Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida 500 va 220 kV havo tarmoqlariga ulash – 68,2 mlrd. so‘m;

  ♦  220 kVli “Sirg‘ali” podstansiyasiga “kirish-chiqish” bo‘lgan 110 kVli L-19-D havo tarmog‘ini qurish – 22,5 mlrd. so‘m;

  ♦  Buxoro viloyatida qurilayotgan quvvati 270 MVt bo‘lgan IES uchun 220 kV kuchlanishdagi havo tarmog‘ini qurish – 0,9 mlrd. so‘m;

  ♦  Samarqand-Buxoro temiryo‘l liniyasini elektrlashtirish va tezyurar passajir poyezdi harakatini tashkillashtirish – 20,5 mlrd. so‘m;

  ♦  Nurobod qo‘rg‘onidagi quyosh fotoelektrstansiyasining tashqi obyektlarini qurish (220 kV kirish-chiqish havo elektr tarmog‘ini, kirish yo‘li, to‘siq va boshqalar) – 0,9 mlrd. so‘m;

  ♦  220 kV li Taxiatosh IESdan “Xorazm” podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punkti (Xorazm viloyati) elektr uzatish liniyasi qurilishi – 16,2 mlrd. so‘m;

  ♦  220 kV “Amir Temur” podstansiyasini “G‘uzor” podstansiyasidan 220 kV elektr uzatish havo liniyasi bilan qurish – 9,9 mlrd. so‘m;

  ♦  Janubiy-g‘arbiy magistral elektr tarmoqlarining eski jihozlarni almashtirish va modernizatsiyalashtirish – 3,5 mlrd. so‘m.

 

Hurmat bilan,

✍️ Kapital qurilish boshqarmasi jamoasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>