OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Yoqilg‘i - energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
  • 15.01.2024
  • 48

Xususan, Jizzax shahridagi  “L.Sh.L.” MChJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli qog‘ozni qayta ishlash sexida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanib, tijorat maqsadida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, 1,1 mln metr kub  857,2 mln. so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan “L.Sh.L.” MChJ mansabdor shaxslariga  nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta'minlanadi.

Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo‘ling!

Telegram | Instagram | YouTube | Veb-sayt

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/35861

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>