OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Iliq kunlarda xona derazasini ochib qo‘yishdan ko‘ra isitkichdagi olovni yoki quvvatni pasaytirish eng maqbul yo‘l
  • 05.01.2024
  • 130

AOKAda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda iste'molchilarni energiya resurslari bilan ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Kecha, 4-yanvar kuni iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot beramiz.

4-yanvar kuni elektr stansiyalar orqali jami 240,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va iste'molchilarga 224,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 47,1 mln kubometr tabiiy gaz, 19,6 ming tonna ko‘mir hamda 3,1 ming tonna mazut yoqildi.

Respublika tabiiy gaz iste'moli 152 mln kubometrni tashkil qildi.

Kecha mamlakatimizdagi 1 ming 365 ta metan zapravka orqali iste'molchilarga 12,8 mln kubometr tabiiy gaz yetkazib berildi. Shuningdek, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali 700 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

Avtobenzin va dizel yonilg‘isi talabni qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, kecha “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga jami 3 ming 319 tonna avtobenzin yetkazildi.

Shuningdek, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sotish uchun birja savdolariga 3 ming 735 tonna avtobenzin hamda 1 ming 563 tonna dizel yonilg‘isi qo‘yilgan bo‘lib, undan 3 ming 487 tonna avtobenzin hamda 153 tonna dizel yonilg‘isi sotilgan.

Vazirlik tizimidagi tashkilotlar korxonalarida qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda tuzilgan shtablar 24 soatlik navbatchilik asosida ishlayapti.

Respublika hududlari bo‘ylab elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelayotgan nosozliklar ham zudlik bilan bartaraf etib borilmoqda.

Kecha mamlakatimiz bo‘ylab elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 7 ta, gaz ta'minotida yuzaga kelgan 7 ta nosozlik bartaraf qilindi.

Xususan, kecha soat 18:00 da Jizzax viloyatida kuchli shamol tufayli 10 kV quvvatga ega 5 ta fider 5 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan edi. Soat 21:25 da ularning 2 tasi ulandi.

Kuchli shamol ayni paytda 3 ta tarmoqda olib borilayotgan ta'mirlash ishlarini qiyinlashtiryapti. Shunga qaramasdan, energetiklar ta'minotsiz qolgan 700 ta iste'molchini ham tarmoqqa ulash choralarini ko‘rmoqdalar.

Kecha ta'minotdagi uzilishlar yuzasidan Energetika vazirligi tizim tashkilotlariga iste'molchilardan kelib tushgan 161 ta murojaat maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz ta'minoti bo‘yicha 174 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Tarmoqlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni tezkor ta'mirlash maqsadida elektr va gaz ta'minoti korxonalarida tuzilgan 1 ming 691 ta maxsus brigada safidagi 7 ming 300 nafardan ziyod ishchi-xodimlar tunu kun ishlab, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etmoqdalar.

Shu o‘rinda iste'molchilardan yana bir marta isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilayotgan tavsiyalarga qat'iy rioya etishlarini iltimos qilib qolamiz.

Bugungi iliq kunlarda xona derazasini ochib qo‘yishdan ko‘ra isitkichdagi olovni yoki quvvatni pasaytirish eng maqbul yo‘l ekanini, bu orqali tabiiy resurslarni tejashga o‘z hissamizni qo‘shishimizni unutmaylik.

Hurmatli iste'molchilar! Elektr ta'minoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki “Telegram”dagi @het_admin administratorga, gaz ta'minoti yuzasidan 1104, 104 telefon raqamlari yoki Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga hamda ko‘mir ta'minoti yuzasidan 78-148-30-03, 71-244-38-28 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/40921

https://telegra.ph/Ili%D2%9B-kunlarda-hona-derazasini-ochib-%D2%9B%D1%9Ejishdan-k%D1%9Era-isitkichdagi-olovni-yoki-%D2%9Buvvatni-pasajtirish-ehng-ma%D2%9Bbul-j%D1%9El-01-05

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>