Yangiliklar
E'TIBOR VA E'TIROF–2023: Hamkasblarimiz “Energetika faxriysi” unvonlariga sazovor bo‘lishdi
  • 22.12.2023
  • 81

Bugun, 2023-yil 22-dekabr kuni «O‘zbekiston MET» AJning katta majlislar zalida norasmiy sana — Energetiklar kuni munosabati bilan e'tirofga sazovor bo‘lgan hamkasblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ochib berib, barcha hamkasblarni, ayni paytda o‘z xizmat vazifasida bajarayotgan elektr chilangarlari-yu navbatchi brigada a'zolarini, dispetcherlar, avtotransport va mexanizmlar yo‘nalishidagi xodimlarni, qurilish-montaj, loyihalashtirish, ma'muriy-boshqaruv vazifalarini ijro etayotgan hamkasblarni bugungi sana bilan tabriklaydi.

Tadbiri davomida  O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i va Tashakkurnomasi, shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJ ning «Energetika faxriysi» unvonini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston milliy elektr  tarmoqlari”AJning “Energetika faxriysi” unvonini berish to‘g‘risida

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zenergoinspeksiya” DI va O‘zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2020-yil 3-fevraldagi “Energetika faxriysi” unvonini berish to‘g‘risidagi Nizomga asosan, O‘zbekiston Respublikasi elektrenergetikasini rivojlantirish va xalq xo‘jaligini elektrlashtirish ko‘p yillik va halol mehnatlari uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning quyidagi xodimlariga “Energetika faxriysi” unvoni berilsin va guvohnoma bilan ko‘krak nishoni topshirilsin:

Umarova Shoira Zakirovna, Ishlarni yuritish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Inagamov Sherzod Shavkatovich, Elektr tarmoqlariga ulanish bo‘limi boshlig‘i;

Gaffarova Dildora Kasimovna, “ENERGO-IT” filiali farroshi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
FAXRIY  YORLIQ  bilan mukofotlash va TASHAKKURNOMA e'lon qilish to‘g‘risida

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati elektr energetika sohasida ko‘p yillik samarali mehnati, shuningdek, 2023-yil mobaynida ish jarayonida yaxshi natijalarga erishganligi uchun quyidagi xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin va Tashakkurnoma e'lon qilinsin:

“O‘zbekiston MET” AJ boshqaruv apparatidan:

Yunusxodjaev Farrux Baxrom o‘g‘li, bosh boshqarma boshlig‘i;

Sharofitdinov Fazliddin Xushniddin o‘g‘li, bo‘lim boshlig‘i;

Sultonov Akmal Bozorovich, boshqarma boshlig‘i;

Mukimov Maxmud Atxamjon o‘g‘li, loyiha menedjeri.

“Energo- IT” filialidan:

Krivonosov Viktor Fedorovich, yetakchi muhandis.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatidagi o‘zining samarali mehnati uchun quyidagi xodimlarga Tashakkurnoma e'lon qilinsin:
“O‘zbekiston MET” AJ apparatidan:

Karimov Begzod Tuxtamishevich, bo‘lim boshlig‘i;

Tojiev Bexzod Bekmurod o‘g‘li, bo‘lim boshlig‘i;

Baymurzaeva Zebo Polotdjanovna, bosh mutaxassis;

Xadjimuratova Feruza Mirxatamovna, bo‘lim boshlig‘i;

Umbetov Nurlan Sergeevich, yetakchi muhandis.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>