Yangiliklar
Vodiy viloyatlari iste’molchilarining elektr ta’minotida qisqa muddatli uzalishlar kuzatilmoqda
  • 21.12.2023
  • 70

Bugun soat 14:13 da vodiy viloyatlari iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli “L-524” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida vodiy viloyatlari (Namangan, Farg‘ona va Andijon)ning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilyapti.

Nosozlik tez orada bartaraf etilib, elektr energiyasi barqarorligi ta’minlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>