OAV va jamoatchilik bilan ishlash
17-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali jami 254,6 mln kVt soat – rejaga nisbatan 103 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi va iste'molchilarga 242,5 mln kVt soat, rejaga nisbatan 104 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi
  • 18.12.2023
  • 137

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jaev ma'lum qildi:

✅ Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 45 mln kubometr tabiiy gaz, 16,9 ming tonna ko‘mir hamda 10 ming tonna mazut yoqildi.

✅ Respublika tabiiy gaz iste'moli 156,7 mln kubometrni tashkil qilgan.

✅ “Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyatidan tabiiy gaz oluvchi 1 ming 204 ta metan zapravkaning 689 tasi belgilangan grafik asosida ishladi.

✅ Avtobenzin va dizel yonilg‘isi bo‘yicha yuzaga kelgan ortiqcha talabni qoplash maqsadida mazkur mahsulotlar hududlarga miqdori oshirilgan tarzda yetkazib berilmoqda. Masalan, kecha “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga jami 1160 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

✅ Ishlayotgan metan zapravkalarga 5,7 mln kubometr tabiiy gaz hamda 400 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

Batafsil

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/40478

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>