Bu xususida bugun AOKAda tashkil etilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma'lum qildi
Respublika tabiiy gaz iste'moli 159,4 mln kubometrni tashkil qilgan.
Aholi va ijtimoiy soha ob'ektlarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta'minlash hamda quvurlardagi bosimni bir me'yorda tutib turish maqsadida metan zapravkalarga kiritilgan cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib borilmoqda.
Ishlayotgan metan zapravkalarga 6,7 mln kubometr tabiiy gaz hamda 700 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.
Respublika hududlari bo‘ylab elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Маnbа: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/40474
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati