Bo'sh ish o'rinlari
Diqqat, e’lon! “ENERGO-IТ” filiali suhbat orqali ishga taklif etadi
  • 15.12.2023
  • 114

BO‘SH ISH O‘RNI:

“ENERGO-IT” filiali iqtisodiyot va mehnatni tashkil etish guruhi iqtisodchi lavozimi

TALABLAR:

1. Ma’lumoti: Oliy iqtisodiy;

2. Ish tajribasi va staji: 3 yil;

3. Tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillarni mukammal bilishi.

4. Qo‘yidagi bilimga ega bo‘lish zarur:

• qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar, korxona faoliyatini uslubiy rejalashtirish, hisobga olish va tahlil qilish bo‘yicha materiallar;
rejalashtirish ishlarni tashkil etish;
korxonaning iqtisodiy-moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyatini uzoq muddatli va yillik rejalarni ishlab chiqish tartibi;

• biznes-rejalarni ishlab chiqish tartibi;
rejalashtirish va buxgalteriya hujjatlari;

• mehnat va moliyaviy standartlarni ishlab chiqish tartibi;
operativ va statistik hisobni tashkil etish;
hisobot berish tartibi va muddatlari;

• korxona va uning bo‘linmalarining iqtisodiy tahlil va samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisobga olish usullari;

• bozorni boshqarish usullari;

• ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari;

• hisoblash ishlarini bajarish usullari va vositalari;

• shartnomalar tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash qoidalari;

•  iqtisodiy samaradorlikni aniqlash usullari;
iqtisodiyot, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etish;
mehnat qonunchiligi;
mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari.
Komputer savodxonligi: Microsoft office dasturlarida (Word, Excel, Power Point. Visio) hamda 1C dasturiy ta’minotida ishlashni mukammal bilish lozim.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.

Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-66-65.

Elektron pochta: energoit@uzbekistonmet.uz

YARATILGAN SHAROITLAR:

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

 

«O‘zbekiston MЭT» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>