OAV va jamoatchilik bilan ishlash
“Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyatidan tabiiy gaz oluvchi 1 ming 179 ta metan zapravkaning 547 tasi belgilangan grafik asosida ishlamoqda
  • 14.12.2023
  • 139

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jaev ma'lum qildi:

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta'minlash hamda quvurlardagi bosimni rostlash maqsadida Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi metan zapravkalar faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlar kiritildi.

• Yuzaga kelgan ortiqcha talabni qoplash maqsadida yuqorida aytib o‘tilgan hududlarda avtobenzin va dizel yonilg‘isi miqdori oshirildi. Buning uchun Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarining avtobenzin ishlab chiqarish quvvatlari 3,3 ming tonnadan 4 ming tonnaga yetkazildi yoki o‘rtacha kunlik 700 tonna qo‘shimcha avtobenzin ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

• Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan import asosida olib kelinayotgan AI-92 K5 rusumidagi avtobenzin hajmi oshirildi.

• Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga (metan zapravkalar) 4,9 mln kubometr tabiiy gaz hamda 700 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

• Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotish uchun birja savdolariga 3 ming 210 tonna avtobenzin, 20 ming 496 tonna dizel yonilg‘isi qo‘yilgan bo‘lib, undan 3 ming 210 tonna avtobenzin hamda 18 ming 738 tonna dizel yonilg‘isi sotilgan.


13-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 258,6 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va iste'molchilarga 252,6 mln kVt soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

✅ Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarda 45,6 mln kubometr tabiiy gaz, 19,6 ming tonna ko‘mir, 10,3 ming tonna mazut yoqilgan.

✅ Respublika tabiiy gaz iste'moli 164,1 mln kubometrni tashkil qilgan.

Batafsil

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/40410

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>