Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 13.12.2023
  • 140

Avval xabar berlganidek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ balansida bo‘lgan, mamlakatimizning tog‘li hududlari va ekin maydonlari orgali o‘tgan 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, «Namangan MET» filiali mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari o‘chishining oldini olish maqsadida havo liniyalar xizmati xodimlari tomonidan qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalarning sozligini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish, shu bilan birga, izolyatorlarni tozalash ishlarini olib borilmoqda.

Muhandis-texnik xodimlar tomonidan ko‘rik jarayonida aniqlangan kamchiliklar — tayanch ustunlarining yaroqsiz holga kelgan qo‘shimcha qismlari yangilanib, sozlash-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

✍️ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali

Facebook  ‖  Instagram  ‖ Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>