OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 722 dona transformator mukammal ta'mirlandi
  • 23.11.2023
  • 126

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "Hududiy elektr tarmoqlar" AJ axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliev ma'lum qildi:

✔️ 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha Jamiyatda Markaziy shtab hamda hududlarda viloyat, shahar va tuman shtablari tashkil etildi.

✔️ Ayni paytda sohada 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi. Hududlarda 6 300 dan ortiq xodimdan iborat 1 429 ta tunu-kun faoliyat yuritadigan avariyaviy brigadalar navbatchiligi tashkil etilib, 1 340 ta maxsus avto va texnikalar biriktirildi.

✔️ Bugunga qadar Jamiyat tomonidan rejaga asosan  29,6 ming kilometr tarmoq hamda 10,2 mingta transformatorlar mukammal ta'mirlangan bo‘lsa,  6 554 km hamda 1 925 ta transformator yangilandi.

✔️ Shu bilan bir qatorda joriy yilning yakuniga qadar yana 1 ming kilometr tarmoq, 320 ta transformatorda yakunlash ishlarini amalga oshiriladi.

Batafsil

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>