OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Prezident qarori ijrosi bo‘yicha Andijonda yana bitta podstansiya ishga tushirildi
  • 20.11.2023
  • 62

Andijonda elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash hamda 2023-2024-yil kuz-qish mavsumida magistral elektr tarmoqlarini barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida Shahrixon tumanida “Saroy” podstansiyasi bugun ishga tushirildi.

Viloyatimizdagi 4 ta tumanlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlovchi, umumiy qiymati 253,4 milliard bo‘lgan mazkur loyihaning birinchi bosqich qurilishi yakunlanib, 1 dona 125 MVAli transformator o‘rnatilgan.

Loyiha ishga tushishi natijasida Baliqchi, Bo‘ston, Ulug‘nor va Shahrixon tumanlaridagi elektr ta'minoti yaxshilanadi.

Jumladan, 450 dan ortiq ijtimoiy soha obektlari, 3 ming 500 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari, 100.000 dan ortiq aholi xonadonlarida elektr ta'minoti sifati oshadi. Ushbularga avvaldan elektr uzatib kelayotgan podstansiyalardagi kuchlanish bir necha barobarga yengillashadi.

Prezidentimiz qarori bilan amalga oshirilgan bu rejada shuningdek, hududlarda ishlab chiqarish chiqarish quvvatini yanada kengaytirish mumkin bo‘ladi hamda yangi tadbirkorlik subektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash imkoniyati yaratiladi.

Hozirgi kunga qadar 4 ta tumanlarga Andijon tumanidagi 220/110/10kV kuchlanish quvvatiga ega “Xakan” podstansiyasi orqali elektr uzatilishi ta'minlangan, tarmoq uzunligi hisobiga elektr energiyasidan texnologik sarf-yo‘qotishlar ham yuqori bo‘lib kelayotgan edi.

Yangi “Saroy” podstansiyasi “Xakan” podstansiyasi yuklanmasini 100 megavattga yengillashtiradi. Sarf-xarajatlar kamaytirilishi hisobiga Andijon, Asaka, Buloqboshi, Xo‘jabod, Marhamat va Jalaquduq tumanlaridagi iste'molchilarining elektr ta'minotida barqarorlik o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Sahifa: @andpress

Manba: https://t.me/andpress/39664?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>