Murojaat egasi: Zaripov Shokir Shavkitdinovich, «ZIYRAAT» MCHJ.
Elektron pochta: kamilka-pro@mail.ru
Murojaat mazmuni:
Rus tilida: Председателю правления АК «Уз.МЭТ» Исакулову Д.А.
ООО «ZIYRAAT» просит Вас дать разрешения на подключение воздушной линии к электрическим сетям, согласно техническим условиям выданным «Hudidiy Elektr Tarmoqlari» от 29.11.2021г., за № 01/830., и дополнением к данному техусловию за № 42/781 от 14.06.2023года.
Технические условия прилогаються. Приложение: на 3 листах.
С уважением,
Директор Зарипов Ш.
O‘zbek tilida: «O‘z MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulovga
«ZIYRAAT» MCHJ «Huddiy elektr tarmoqlari» MChJ tomonidan 2021-yil 29-noyabrdagi 01/830-son bilan berilgan texnik shartlarga muvofiq havo liniyasini elektr tarmoqlariga ulashga ruxsat berishingizni hamda ushbu texnik shartga qo‘shimcha kiritishingizni so‘raydi. 2023-yil 14-iyundagi 42/781-son.
Texnik shartlar ilova qilingan. Ilova: 3 ta varaqda.
Hurmat bilan,
Direktor Sh.Zaripov
Murojaatga javob: «Ziyraat» MCHJning 326/23-sonli murojaatini Jamiyat mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha yacheyka o‘rnatish yo‘li bilan 2000 kVt quvvatni 220/110/10 kVli «Traktorsoz» PSning 10 kVli «YOTQ»ga ulanishi bo‘yicha «Davlat va shartnomaviy xizmatlarini rivojlantirish» filiali tomonidan 2021-yil 29-noyabrda 01/830-sonli berilgan texnik shartlar yuzasidan, quyidagilar ma‘lum qilinadi:
1. Podstansiyaning 10 kV tomonida tok bo‘yicha elektr qurilmalarining, kuch transfopmatorining va tok o‘tkazuvchi uskunalarining qo‘shimcha yuklama, quvvat ko‘tarish qobiliyati hisob-kitobi bajarilishi;
2. «Traktorsoz» podstansiyasining 10 kVli «YOTQ»da yacheykalar bilan to‘liqligini inobatga olib, «YOTQ»ga qo‘shimcha yacheyka o‘rnatish imkoniyatini aniqlash bo‘yicha loyihachi tomonidan takliflar kiritilishi;
3. «Traktorsoz» podstansiyasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ob’ektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashi hamda Toshkent shahridagi barcha tizimli podstansiyalariga uzviy bog‘langan bo‘lib, yagona energotizim rejimiga aloqador bo‘lganligini inobatga olinsin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi PQ-54-sonli qarorining 5-bandi, a) xat boshi, mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi me’yordan oshgan taqdirda, ularga yangi iste’molchilarni ulash qat’iyan taqiqlansin, deb ko‘rsatib o‘tilgan. Hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son Qarori bilan tasdiqlangan reglamentiga asosan texnik shart olish uchun Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Axborot xizmati: Eslatib o‘tamiz, mazkur A-112-raqam bilan Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan qayd etilgan murojaatga javob xati «ZIYRAAT» MCHJga, shuningdek nusxasi: «Toshkent shahar MET» filialiga hamda «Davlat va shartnomaviy xizmatlarini rivojlantirish» filialiga ham elektron shaklda yuborilgan.
MAʼLUMOT O‘RNIDA: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/22298
«Murojaatlar» rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati