“Biz insoniyat chiqarayotgan karbon moddalarini tabiat „hazm qila olmaydigan“ nuqtadan o‘tib bo‘ldik. Atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalar muammosiga e’tibor bermaslik sog‘liqni saqlash xarajatlarining oshishi, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi va turizm bilan bog‘liq iqtisodiyot tarmoqlariga ham katta zarar keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida ahamiyatga ega. Mavjud muammolarni bartaraf etish uchun nafaqat institutsional, balki jamoatchilik nazoratini ham kuchaytirish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu o‘z navbatida, atmosfera havosini muhofaza qilishda katta o‘rin tutadi”, — deyiladi xabarda.