OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Aholi uchun elektr narxi ham oshadimi?
  • 11.09.2023
  • 87

Bu savolga energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov javob berdi.

“Hozir e'lon qilingan loyihada faqat yuridik shaxslar uchun yangi tariflar belgilanishi nazarda tutilgan, lekin aholi uchun narxlar o‘zgartirilmayapti.

Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflarni belgilashdan oldin biz eng avvalo uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni ta'minlashimiz kerak. Ya'ni narx oshsayu, lekin yana elektrda uzilish bo‘laversa, aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘ladi. Shu sababli biz hozirda generatsiyalarni oshirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlarini jadallashtiryapmiz.

Agar uzluksiz elektr yetkazib berishni ta'minlay olsakgina, aholi uchun elektr energiyasida tabaqalashtirilgan tariflarni 2024-yilning 1 mayidan joriy qilish bo‘yicha loyihani Hukumatga kiritishni rejalashtiryapmiz. Lekin bu aynan shu kundan narx oshadi, degani emas, hozircha barchasi loyiha xolos.

Tabaqalashtirilgan tarif deganda belgilangan “ijtimoiy norma”dan ko‘p elektr iste'mol qilayotgan, aytaylik uyida basseyni, saunasi, ko‘plab maishiy texnikalari bor xonadonlar, ya'ni nisbiy olganda boy va o‘ziga to‘q xonadonlar uchun narx oshadi, degani. Hozir aholining 15 foizi oyiga 300 kW•soatdan ortiq elektr energiyasini iste'mol qiladi. 75 foiz aholining iste'moli esa 200 kW•soatdan oshmaydi”, — dedi energetika vaziri.

Manba: https://t.me/uzauz/6555

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>