OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: Namangan viloyatida 2 ta MChJ qariyb 12 ming 700 ta xonadonning bir oylik iste'moliga teng miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
  • 06.09.2023
  • 109

So‘ngi ikki kunda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta'minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

➖ Yangi Namangan tumani, “Yangi Zamin” MFY hududida joylashgan “Z. M. T.” MChJga qarashli paxta titish sexining elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 839 mln 848 ming 950 so‘m (1 mln 866 ming 331 kVt?soat);

➖ Yangi Namangan tumani, “Chamanzor” mavzesida faoliyat yuritib kelayotgan “K.” MChJga qarashli yem hamda vafli ishlab chiqarish sexlarining elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 302 mln 548 ming 500 so‘m (672 ming 330 kVt soat), jami 1 mlrd 142 mln 397 ming 450 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Ma'lumot uchun: ushbu miqdordagi elektr energiyasi qariyb 12 ming 700 ta xonadonning bir oylik iste'moliga tengdir.

Qoidabuzar iste'molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Manba: https://hudud24.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>