OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Namangan viloyatida 2 ta MChJ qariyb 12 ming 700 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
  • 06.09.2023
  • 63

Soʻngi ikki kunda Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

➖ Yangi Namangan tumani, “Yangi Zamin” MFY hududida joylashgan “Z. M. T.” MChJga qarashli paxta titish sexining elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 839 mln 848 ming 950 soʻm (1 mln 866 ming 331 kVt⋅soat);

➖Yangi Namangan tumani, “Chamanzor” mavzesida faoliyat yuritib kelayotgan “K.” MChJga qarashli yem hamda vafli ishlab chiqarish sexlarining elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 302 mln 548 ming 500 soʻm (672 ming 330 kVt⋅soat), jami 1 mlrd 142 mln 397 ming 450 soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Maʼlumot uchun: ushbu miqdordagi elektr energiyasi qariyb 12 ming 700 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/8961

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>