OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 309 m3 tabbiy gaz (286 mlrd 291 mln so‘m) va qariyb 198 mln kV/s elektr energiyasi (103 mlrd 894 mln so‘m) talon-toroj qilingan
  • 06.09.2023
  • 79

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboev ma'lum qildi:

Joriy yilning shu kunigacha Inspeksiya (“O‘zenergoinspeksiya”) tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta'minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 6 ming 305 holatda iste'molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

308 mln 845 ming metr kub tabiiy gaz (286 mlrd 291 mln so‘m) va 197 mln 623 ming kilovatt-soat elektr energiyasi (103 mlrd 894 mln so‘m) talon-toroj qilingan. Buning natijasida davlat manfaatlariga 390 mlrd 185 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Inspeksiyaning Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida xususiy avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 200 ta holatda 5 mln 225 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlandi.

Qoidabuzar iste'molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Inspeksiya tomonidan iste'molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 7 ming 700 ga yaqin ob'ektlarning elektr ta'minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazilib, 5 ming 589 ta iste'molchining umumiy quvvati 844,8 megavatt bo‘lgan elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi. Shuningdek, Hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga tegishli

2 ming 352 ta ob'ektning elektr ta'minoti loyihalari kelishildi.

Shu bilan birga, xavfi yuqori bo‘lgan ob'ektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash yuzasidan 246 ta xulosa berildi.

50 kVt va undan yuqori bo‘lgan iste'molchilarning energiya resurslaridan oqilona foydalanishi yuzasidan 17 mingdan ziyod ko‘rsatma berildi. Unga ko‘ra, 538 ming kVar quvvatga ega bo‘lgan reaktiv energiya kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatilishi ta'minlandi.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil yakuniga qadar

6 mln 786 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishiladi.

 

kun.uz - 8 oyda talon-toroj qilingan tabiiy gaz va elektr energiyasi hajmi ma'lum qilindi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>