OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — “Oʻzenergoinspeksiya”: Toshkent shahri va viloyatida elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
  • 29.08.2023
  • 89

Kecha, 28-avgust kuni Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va taʼminotchi korxonalar mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahri hamda viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:

Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan tibbiyot muassasasi elektr tarmogʻiga noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 396 mln soʻm (396 ming kVt·soat);

Zangiota tumani, “Obod turmush” MFYda fuqaro F.Q. ga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasi tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 318 mln 582 ming soʻm (318 ming 582 metr kub) zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur ikki holat natijasida jami 714 mln 582 ming soʻm zarar yetkazilgan.

Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda qariyb 1 ming 600 ta, elektr energiyasi esa 2 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/8874

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>