OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida tayanch doktorantura uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda
  • 28.08.2023
  • 94

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-mayda imzolangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantura instituti tashkil etildi. Bu yerda sohaga doir ilmiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Jumladan, qaror asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida doktoranturaga hujjatlar 2023-yil 15 sentabrdan 15 oktabrgacha boʻlgan muddatda qabul qilinadi.

2023-yil 6-noyabrdan dastlab suhbat asosida, keyin mutaxassislik sohasidan (fizika) va  chet tilidan (ingliz) imtihon oʻtkaziladi. Chet tilidan IELTS (5.5 minimal) yoki milliy sertifikat (B2 daraja) boʻlsa, 100 ball qoʻshib beriladi.

Taʼkidlash kerakki, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida 2024-yildan boshlab 05.05.06-“Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilik asosida ham ilmiy darajaga ega kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/8874

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>