OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi
  • 23.08.2023
  • 81

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov raisligida “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i I.Nimatullayev ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida energiya resurslarni talon-toroj qilish holatlarini oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda respublika (viloyat) prokurori, IIB, MIB, Departament boshliqlari, tuman (shahar) prokurorlari, IIB boshliqlari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJning shahar (viloyat) va tuman (shahar) filiallari rahbarlari, o‘rinbosarlari, metrologlari hamda yirik gaz va elektr energiyasi isteʼmolchilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ishtirokchilarga maxsus tayyorlangan videolavha namoyish etildi.

Shu bilan birga, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-toroj qilish holatlari o‘g‘rilik jinoyati sifatida baholanishi, yirik isteʼmolchilar va energiya taʼminoti korxonalari rahbarlari va xodimlari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish davom etayotgani tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash ustuvor vazifa ekanligi taʼkidlab o‘tildi.

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/2809?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>