Yangiliklar
«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: ELEKTR USKUNALARNI 2020–2021 YIL KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH ISHLARI
  • 20.06.2020
  • 874

   Barchamizga ma'lumki, xalq xo‘jaligi obyektlari elektr ta'minoti sifatli va uzluksiz bo‘lishi uchun elektr uskunalarini oldindan belgilangan rejalar asosida ta'mirlash maqsadga muvofiq. Ayniqsa, kuz-qish mavsumi oldidan mukammal va joriy ta'mirlash ishlarini sifatli qilib, o‘z muddatlarida bajarilishi elektr ta'minotining ishonchlilik darajasini oshiradi.

Quvvati 40000 kVA LT-1-10 kV VDT transformatorining mukammal ta'mirga chiqarishdan oldingi va keyingi holati

 

   Shularni inobatga olgan holda, «Jizzax MET» filialiga qarashli 220/110/10 kV «Jizzax» podstansiyasida 2020-yil 22-maydan 10-iyungacha quvvati 40000 kVA LT-1-10 kV VDT transformatori mukammal ta'mirga chiqarilib, «Turonelektromontaj» MChJ tashkilotiga qarashli maxsus brigada mutaxassislari ishtirokida ta'mirlash ishlari bajardi.

   LT-1-10kV mukammal ta'mirlash jarayonida transformator moyi to‘liq to‘kib olinib, 7 siklda qayta degazatsiya apparatidan o‘tkazilib, tozalandi. Transformator qopqog‘i ochilib, transformator aktiv qismi holati ko‘rib chiqilib, nosoz joylar ta'mirlandi. Termosifon filtlari selikagellari almashtirildi, sovutish tizimi uskunalari yechilib, ta'mirlandi. Transformator qopqog‘i joyiga o‘rnatilgandan so‘ng, transformator korpusi moyli bo‘yoq bilan to‘liq bo‘yab chiqildi.

 

   LT-1-10kV VDT transformatorini mukammal ta'mirlash ishlari uchun jami 63,9 mln so‘m mablag‘ sarflandi.

   Mazkur transformatorning texnik parametrlari to‘liq tekshirilib, moy analizlari olinib, barcha ko‘rsatgichlar me'yordaligi aniqlanib, transformator soz holga keltirilganligi qayd etildi. Elektr uskunasi joriy yil 10 iyun kuni ishga tushirildi.

 

   Demak, xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash mumkinki, quvvati 40000 kVA li transformator kuz-qish mavsumida, umuman boshqa paytlarda ham xalq xo‘jaligi obyektlari va aholini elektr energiyasi bilan uzliksiz va sifatli ta'minlash uchun ishchan holatda.

   Filial tasarrufidagi podstansiyalar va yuqori kuchlanishli havo liniyalarida «O‘zbekiston MET» AJ rahbariyati tomonidan belgilab berilgan ish rejasiga muvofiq joriy ta'mir ishlari davom ettirilmoqda.

 

   G‘ayrat Ahmedov, «O‘zbekiston MET» AJ «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>