Murojaat egasi: O‘ktamov Doniyor O‘ktamovich, Samarqand viloyati.
Elektron pochta: mail@paxtachi.uz
Murojaat mazmuni: Toshkent davlat texnika universiteti Energetika fakultetini shu yil tamomladim va Paxtachi elektr tarmoqlari idorasiga ishga kirishni xohlayman. Bo‘sh ish o‘rni yaratib berishingizni so‘rayman...
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Doniyor O‘ktamovich! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan murojaatingiz tegishli tartibda qabul qilindi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi va uning Paxtachi tumanida filiali mavjud emas.
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/20240
‼ Iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste’molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
het.uz – rasmiy veb-sayti
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
Call centre: 1154
Ma’lumot o‘rnida: Paxtachi elektr tarmoqlari idorasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufida.
Murojaatingizga javob o‘rnida sizga shuni ma’lum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy sahifalari orqali Siz bo‘sh ish o‘rniga hujjat topshirgan lavozim bo‘yicha suhbat qachon o‘tkazilishi haqidagi xabarlarni kuzatib boring va suhbatga e’lon qilingan vaqtda yetib keling. Agar topshirgan hujjatlaringiz to‘liq bo‘lsa va ko‘rsatkichlaringiz mazkur ish lavozimi bo‘yicha belgilangan (e’lon qilingan) talablarga muvofiq kelsangiz, suhbatda ishtirok etasiz. Agar suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tsangiz, Komissiya bo‘sh ishni mavjud boshqarma yoki bo‘limga Sizning nomzodingizni ko‘rsatadi va rahbariyatga tegishli tartibda tavsiya beriladi. Shundan so‘ng ishga qabul qilinishingiz mumkin.
Ma’lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Veb-sayt: uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz.
Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasidan murojaat: Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta’lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma’lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma’lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma’qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.
Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.
Ma’lum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilib borilmoqda. E’tiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!
⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
Batafsil ma’lumotlar quyidagi e’lon tarkibida yozilgan:
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441
Qo‘shimcha ma’lumot: Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayti, bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining xaritasi shaklida infografika ma’lumotnoma-jadvali joylashtirilgan bo‘lib, qaysi hududni belgilasangiz, o‘sha hududdagi Magistral elektr tarmoqlari filiali haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatingiz paydo bo‘ladi. Ma’lumotnomada telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan bo‘lib, mutaxassislar sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati