Yangiliklar
Yirik mahalliy ishlab chiqaruvchi “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ bilan birlamchi elektr qurilmalar yetkazib berish uchun shartnoma imzolandi
  • 05.05.2023
  • 439

“Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi doirasida 2023-yilning 23-yanvar kunida eʼlon qilingan MUTS/ICB/2016-16-sonli tender yakunlari bo‘yicha tenderda g‘olib deb topilgan, Oʻzbekistonda elektr qurilmalarni yirik ishlab chiqaruvchisi boʻlgan, “Oʻzelektroapparat-Electroshield” AJ bilan birlamchi qurilmalar yetkazib berish bo‘yicha qiymati 9.5 mln AQSH dollari bo‘lgan shartnoma imzolandi.

Shartnomada respublika boʻylab 18 ta magistral tarmoq podstansiyalariga birlamchi elektr qurilmalar, shuningdek, elegazli oʻchirgichlar, ajratkichlar, akkumulyator batareyalari, kuchlanish va tok transformatorlari xaridi koʻzda tutilgan.

 

“Jahon banki” loyihalarni amalga oshirish guruhi

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>