Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Elektr energetika yo‘nalishiga, to‘lov kontrakti asosida, o‘qishga kirdim. To‘lov kontraktni to‘lab bera olasizlarmi?»
  • 25.04.2023
  • 229

Murojaat egasi: Ortiqali Amanturdiyev, Toshkent viloyati.

Elektron pochta: ortiqaliamanturdiyev@gmail.com.

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! Men Amanturdiyev Ortiqali. Men 2012-yil 4-dekabrdan energetika tizimi, “Toshkent MET” filialining Bekobod bo‘limida elektr chilangari vazifasida ishlab kelaman. Men 2022-yil Navoiy innovatsiyalar universitetining Elektr energetika yo‘nalishiga, to‘lov kontrakti asosida, o‘qishga kirdim. Hozirda 1-kursni tamomladim. 2-kursdan to‘lov kontraktni to‘lab bera olasizlarmi?

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ortiqali Amanturdiyev,“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi Sizning Navoiy innovatsiyalar universiteti talabasi bo‘lganingiz bilan tabriklaydi va mehnat faoliyati hamda tahsil olish jarayonini har tomonlama foydali va samarali tashkil etishingiz tilakdoshi.

Javob: Yo‘q. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2-kursdan to‘lov kontraktni to‘lab bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘z vakolatlaridan tashqari faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas, yaʼni amaldagi qonunlarga muvofiq imzolangan shartnoma shartlarida belgilangan majburiyatlardan tashqari boshqa to‘lov majburiyatlarini o‘z zimmasiga olmaydi.    

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/19222                      

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>