Bo'sh ish o'rinlari
Bo‘sh ish o‘rinlariga Ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar diqqatiga!
  • 18.04.2023
  • 221

Maʼlumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud ish o‘rinlari haqidagi maʼlumotlar Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida doimiy ravishda eʼlon qilinib, bu haqdagi oylik hisobotlar har oyning 10 sanasigacha Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirib borilmoqda.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytida «Onlayn rezyume» funksiyasi ishga tushirilgan.

❗️Bu yangi qulaylik ishga kirish istagida bo‘lgan mutaxassislar bilan Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislarini bevosita, onlayn rejimda bog‘lab, ish samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

Hurmat bilan,

✍️ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>