Bugun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ning kichik majlislar zalida Xitoy Xalq Respublikasining yirik energetika kompaniyasi vakillari bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda “State Grid China Electric Power Equipment and Technology Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti janob Yu Jun ishtirok etib, tomonlar energetika sohasidagi strategik sheriklik munosabatlari va hamkorlik aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi hukumatlararo kelishuvlarning elektr energetika yo‘nalishiga oid loyihalar, innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. O‘zaro tajriba almashish bo‘yicha istiqbolli rejalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
✍️ Investitsiyalar bosh boshqarmasi
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Youtube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
https://t.me/uzmetaxborotxizmati