Murojaat egasi: Samatova Shaxnoza Muhammadiyevna, “HOU PROFACADEMY” MCHJ vakili.
Elektron pochta: samatova.nodira@mail.ru
Murojaat mazmuni: Sizning xodimlaringizni “yuqori kuchlanishda ishlash” bo‘yicha o‘qitgan edik. O‘qigan xodimlarga ishlashga ruxsat etilgan guvohnoma va bayonnoma berganmiz. Siz shartnoma shartlarini buzganlikda ayblanasiz va oqibatda berilgan guvohnomalar “haqiqiy emas” deb topiladi.
Shartnomada ko‘rsatilgan buxgalteriya telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, yaʼni 71-2085637 raqamiga qilinganda o‘zini tanishtirmagan xodim bizning rahbariyatni haqorat qilib, telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ygan. O‘sha xodimni kimligi aniqlab bermasangiz, o‘sha haqorat qilgan xodim ustidan sudga murojaat qilamiz va sud qaroriga muvofiq jarimaga tortamiz. Shartnoma bo‘yicha pulni vaqtida to‘lov qilmaganingiz uchun Soliq departamenti ishonch telefoniga ariza ham tashladik.
Murojaatning asl matni quyidagicha: ““Сизнинг ходимларингизни юкори кучланишда ишлаш буйича укитган эдик. Укиган ходимларга ишлашга рухсат этилган гувохнома ва баённома берганмиз. Шартнома шартларини бузганликда айбланасиз ва берилагн гувохномалар хаққиқий эмас деб топилади. Сизнинг бухгалтерия телефон рақами шартонмада кўрсатилагн рақамга телефон яни 712085637 рақамига қилинганда ўзини таништирмаган ходим бизни рахбариятни хақорат қилиб телеқонни куйиб куйган. Уша ходимни кимлигини аниқлаб берилмаса судга уша хақорат қилган ходим устидан мурожаат қилиниб жарима соламиз. Шартнома буйича пулни вактида тўлов килмаганингиз учун Солиқ Департаменти ишонч телефонига ариза ташадик.”
Murojaatga javob: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “HOU PROFACADEMY” MCHJ o‘rtasida 2023-yil 12-martdagi xodimlarni malaka sinovdan o‘tkazish bo‘yicha 1122278-sonli elektron shartnoma tuzilgan va 2023-yil 12-martdagi hisob-varaqalar asosida “Toshkent MET” filiali xodimlarini malaka sinovidan o‘tkazilgan.
Hozirgi kunda Jamiyatimizda pul mablag‘larining taqchilligi kuzatilishi natijasida korxonangiz tomonidan elektron shartnomalarga muvofiq bajarilgan ish uchun to‘lovlarni amalga oshirish ishlari biroz kechikmoqda.
Yuqoridagilardan inobatga olib, “O‘zbekiston MET” AJ va “HOU PROFACADEMY” MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan bajarilgan ish uchun to‘lovlar qisqa muddatda amalga oshirilishini hamda qarzdorlik to‘liq qoplash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilishini bildiramiz.
Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyatining Xaridlar boshqarmasi xodimi Sizdan telefon muloqotida bo‘lib o‘tgan anglashilmovchiliklar va qo‘pol muomala uchun uzr so‘raydi (masʼul xodim murojaatchi bilan telefon orqali bog‘lanib uzr so‘radi — Axborot xizmati).
Murojaatga berilgan javob Sizni qoniqtirmasa yoki Xaridlar boshqarmasi xodimining uzr so‘ragani qabul qilinmasa, Qonunda bergilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotlar yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligini bildiramiz.
MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/19083
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
Murojaatchiga yuborilgan rasmiy javob xati
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati