Murojaat egasi: Shermatova Gulsara, Toshkent viloyati.
Elektron pochta: carolina._jasmin.201@mail.ru
Murojaat mazmuni: Qibray tumani 32-uy oldidagi “stolba” chirib qiyshayib, “avariyniy” holatga kelib qolgan. «Tuman elektr tarmoqlari korxonasi»ga 7-fevralda Ariza berilgan. Uning xodimlarining aytishicha, «Favqulodda holatlarning oldini olish uchun tumanlarda maxsus jamg‘arma yo‘q, kerakli uskunalar zaxirasi ham yaratilmagan» emish. Iste’molchilar mablag‘i tumanga tushmas ekan! Bu nima ahvol? Falokat ro‘y bersa, kimni jinoiy javobgarlikka tortish kerak bo‘ladi?
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Gulsara Shermatova, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/18798
“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23
Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
• het.uz – rasmiy veb-sayti
• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
• Call centre: 1154
• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
Maʼlumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
• Call centre: 1154
• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati