Yangiliklar
PREZIDENT QARORIGA MUVOFIQ 2018-YILDA BOSHLANGAN LOYIHA MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
  • 06.06.2020
  • 712

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining "Toshkent metallurgiya zavodining tashqi ob'ektlarini qurishda elektr energiyasi bilan ta'minlash" loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

   Loyiha dastlab "Qo'yliq" va "Adolat" podstansiyalari oralig'idagi 220 kVli havo liniyasini kesish orqali yangi tarmoq tuguni hosil qilish bilan boshlandi. So'ngra "Sirg'ali" podstansiyasigacha uzunligi 2x23 (46) km bo'lgan 220 kVli havo liniyasi qurib bitkazildi. Loyihaning yana bir ahamiyatli jihati shundan iboratki, yirik sanoat korxonasi joylashgan hudud atrofidagi boshqa iste'molchilarning elektr energiyasiga bo'lgan talabini ham qondirish, ta'minotning ishonchliligini ehtiyojga muvofiq oshirib borish maqsadida yangi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 220/110/10 kV kuchlanishli "Sirg'ali" podstansiyasi foydalanishga topshirildi.

 

© Bu haqda batafsil "O'zbekiston–24" telekanalining "axborot" dasturida.

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>