OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Namangan viloyati iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli podstansiya modernizatsiya qilinmoqda
  • 27.03.2023
  • 220

Namangan viloyati iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida investitsiya dasturi doirasida Namangan magistral elektr tarmoqlari filiali tomonidan Davlatobod tumanidagi 220 kVli “Sardor” podstansiyasi modernizatsiya qilinmoqda.

Hozirgi kunda podstansiyada yangi transformatorlar, shuningdek asosiy va yordamchi qurilmalar o‘rnatildi.

Modernizatsiya ishlari yakunlanishi natijasida podstansiya quvvati 525 MVAdan 700 MVAga (+175 MVA) oshiriladi va viloyat iste’molchilarining elektr ta’minoti yanada barqarorlashishiga erishiladi.

Mazkur investitsiya loyihasi Prezidentimizning “Jahon banki ishtirokida “Magistral tarmoqlarning kichik stansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7554

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>