O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi farmoyishi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, 2023-yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.
Ushbu Dastur asosida mamlakatimiz hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy quvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatiladi.
Shuningdek, Dastur doirasida quyosh panellarini o‘rnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni rag‘batlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Manba: https://t.me/uzauz/4310
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati