Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Oldindan pul to‘lab qo‘ysak ham “svet”ni yoqolmayotganimiz uchun Xudoning oldida hammang javob berasan hali!»
  • 15.02.2023
  • 237

Murojaat egasi: Yakubjonov Ixtiyorjon Islomjon o‘g‘li, Farg‘ona viloyati.

Elektron pochta: piratpiratov26@gmail.com

Murojaat mazmuni: Oldindan pul to‘lab qo‘ysak ham “svet”ni yoqolmayotganimiz uchun Xudoning oldida hammang javob berasan hali!

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ixtiyorjon Islomjon o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati hamda Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas’ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA’LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug’ullanib, iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/17642

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Qo‘shimcha ma’lumot: Elektr tarmoqlarida iste’molning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi texnik-muhandislik holati hisoblanadi.

Bu haqda batafsil ma’lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

Batafsil SAVOL-JAVOBLAR: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935

Ma’lumot o‘rnida: Iste’molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste’molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Hurmatli fuqaro, Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: «Amir Temur» bekati.
Avtobuslar: 14, 53, 58, 78, 93, 98.

Marshrutli taksilar: 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent xalqaro vestminster universiteti)
Telefon: (998 71) 236-3822.

Devonxona: (998-71) 236-2708.
Elektron pochta: info@minenergy.uz 
 

Ish grafigi: 
dushanba– juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>