Elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun Eyfel minorasiga ikkita kichik shamol turbinasi o‘rnatilgan. Ular minoraning ikkinchi qavatidan taxminan 120 metr balandlikda joylashgan.
Birinchi qavatda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda va u yerda savdo shoxobchalari joylashgan. Turbinalar yiliga 10 000 kVt•s quvvat ishlab chiqaradi, bu esa yangilangan birinchi qavatni quvvatlantirish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Minoraga quyosh batareyalari ham o‘rnatiladi, ularning energiyasi suvni isitish uchun sarflanadi. Shuningdek, barcha lampalarni svetodiodlarga almashtirish va texnik ehtiyojlar uchun yomg‘ir suvini yig‘ish ham rejalashtirilgan.
Manba: https://t.me/clearenergy/1755
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati