Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Bizda oqma gaz yo‘q, elektrdan tejamkor foydalanamiz. Aksariyat aholi kechalari zim-ziyo qilib, chiroqni o‘chirib qo‘yishadi...»
  • 12.12.2022
  • 251

Murojaat egasi: Yusupov Zayniddin Soatovich, Qashqadaryo viloyati

Elektron pochta: zayiddin.yusopov@gmailcom.uz

Murojaat mazmuni: Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, “Daryo” MFY, Guldara qishlog‘idan yozayapmiz! Bizni qishloqlarda bir kunda 8 soatgacha cheklovlar bo‘layapti! Hurmatli mas’ullar, bizda oqma gaz ta'minoti yo‘q, biz faqat zaruriyat uchun elektrdan tejamkor foydalanamiz. Kamdan-kam xonadonlarda kechasi “svet” yoqilishi mumkin. Aksariyat aholi kechalari zim-ziyo qilib, o‘chirib qo‘yishadi.

Hurmatli mas’ullar, yaqinda vazir o‘rinbosari tomonidan qayerda bir soatdan oshiq “svet” o‘chsa, o‘sha hudud rahbari jazolanadi, degan edi. Ammo 8 soatda ham hech kim so‘ramayapti. Aholi juda norozi kayfiyatda. Mas’ullardan izoh kutamiz?!

Murojaatga javob:  Hurmatli fuqaro Zayniddin Soatovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ hamda Energetika vazirligi Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas’ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

 Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/16138  

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Ma'lumot o‘rnida: Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Qo‘shimcha ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli, elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi.

Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

Batafsil SAVOL-JAVOBLAR: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935 

MUROJAATGA JAVOB: Uzoq muddatli o‘chishlarning asosiy sababi — elektr tarmoqlarida ortiqcha yuklama orqali kelib chiqadigan turli nosozliklar. Bundan tashqari, «HUDUDIY Elektr TARMOQLARI» AJ tomonidan cheklovlar grafigi e'lon qilindi.

"QASHQADARYO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJhttps://t.me/qashqadaryo_hududiy_elektr/8060

Ma'lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Markaz Energetika vazirligi tuzilmasiga kiradi. Energetika vazirligi Markazning muassisi hisoblanadi. Uning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi mintaqaviy boshqarma va hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar asosida amalga oshiradi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-mart sanasida “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori.

Manba: https://www.lex.uz/docs/6058685

Sayt sahifalarida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2451

Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istikbol ko‘chasi, 21

Transport: 
Metro: Amir Temur bekati 
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98

Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)
 

Tel: (998 71) 236-3822

Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz 
 

Ish grafigi: 
dushanba - juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

Gaz ta'minoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. «Hududgazta'minot» AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

Ma'lumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste'molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

• Call centre: 1154

• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>