O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali
❗️«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:
⇒ 2022-yil 1-dekabr holatiga jami 11 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:
11 ta bo‘ ish o‘rni mavjud:
1 | Boshqaruv raisining moliyaviy iqtisodiy va tijoriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
2 | Ichki audit xizmati boshlig`i | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
3 | Axborot va kiber xavfsizlik bo'limi bo'lim boshlig'i | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
4 | Axborot va kiber xavfsizlik bo'limi yetakchi mutaxassis | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
5 | AKT bo'limi bo'lim boshlig'i | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
6 | ERP tizimini joriy etish bo'limi bo'lim boshlig'i | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
7 | Rele himoyasi va avtomatika bo'limi releli himoya va avariyaga karshi avtomatikasidan foydalanish sho'basi Sho'ba boshlig'i | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
8 | Rele himoyasi va avtomatika bo'limi releli himoya va avariyaga karshi avtomatikasidan foydalanish sho'basi yetakchi muhandisi | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
9 | Rele himoyasi va avtomatika bo'limi tezkor hisoblar sho'basi Sho'ba boshlig'i | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
10 | Rele himoyasi va avtomatika bo'limi tezkor hisoblar sho'basi yetakchi muhandisi | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
11 | Rele himoyasi va avtomatika bo'limi laboratoriyasi yetakchi muhandisi | oliy ma`lumotli va ish tajribasiga ega |
✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining choraklik va har oyda yangilanib boradigan maֹ’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali orqali kuzatib boring!
‼️ Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi ma'lumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.
YARATILGAN SHAROITLAR:
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;
• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;
• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi:
Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
Veb-sayt: uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: kadr_nes@mail.ru; info@uzbekistonmet.uz
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati