“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, atmosfera havosi mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi natijasida, Energetika vazirligi mutaxassislari bunday kunlarda elektr uzatish tarmoqlarida to‘planib qolgan mayda chang zarralari, shuningdek yog‘ayotgan yomg‘irlar elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlarni yuzaga keltirishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
Buning sababi shundaki, elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlari qurilmalarida cho‘kkan chang va loy hamda kuchli yog‘ingarchilik elektr qurilmalarida nosozliklarni keltirib chiqarib, elektr energiyasini uzatishda texnik muammolarga olib keladi.
Xususan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining ayrim hududlarining elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Hozirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida joylarda maxsus brigadalar shay holatga keltirilgan.
Shu o‘rinda iste’molchilardan elektr ta’minoti masalalari bo‘yicha hududiy elektr ta’minoti korxonalariga xabar berishlarini so‘raymiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
Manba: https://t.me/minenergy_uz/6120
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati