«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda»
Prezident: Yuzaga kelgan yangi geosiyosiy voqyelik butun Osiyo qit'asi barqarorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda
  • 13.10.2022
  • 324

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning oltinchi sammitida nutq so‘zlamoqda.

So‘zining avvalida davlatimiz rahbari o‘tgan davr davomida ushbu tuzilma xavfsizlikni ta'minlash, Osiyoda o‘zaro ishonch va barqaror taraqqiyotni mustahkamlash masalalari bo‘yicha keng va ochiq muloqot uchun muhim maydon sifatida o‘zining g‘oyatda zarur ekanligini ko‘rsatganini ta'kidladi. O‘zbekiston forumni transformatsiya qilish masalasi bo‘yicha qo‘shma faoliyatda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

"Bugun biz xalqaro munosabatlarda noaniqlik tobora o‘sib, muloqot va ishonchning misli ko‘rilmagan darajada taqchil bo‘lib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Bularning barchasi ko‘p tomonlama hamkorlik asoslariga putur yetkazmoqda, mojarolarning avj olishiga sabab bo‘lib, global iqtisodiyotda tizimli uzilishlarga olib kelmoqda.

>