Yangiliklar
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot
  • 12.03.2020
  • 1243

  Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Taxiatosh» issiqlik elektr stansiyasidan «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punktigacha 220 kVli elektr uzatish liniyasi qurish investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar bo‘yicha hisobot.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-iyundagi  PQ-2541-sonli «Taxiatosh» IES – «Xorazm» PS – Sarimoy aholi punkti (Xorazm viloyati) 220 kVli EUL qurilishi» investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq olib borilayotgan ishlar Osiyo Taraqqiyot Banki kredit mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilmoqda.

  Loyihaning maqsadi: Shimoliy-g‘arbiy energotuguni hamda Xorazm viloyati iste'molchilarining elektr energiyasi ta'minotida ishonchlilikni oshirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi tanqisligini kamaytirishdan iborat.

  Loyiha doirasida: umumiy uzunligi 340 km bo‘lgan 220 kVli «Taxiatosh» issiqlik elektr stansiyasidan «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash punktigacha elektr uzatish liniyasi qurilishi rejalashtirilgan.

  Loyihada Xorazm viloyatida joylashgan «Xorazm» podstansiyasini kengaytirish va qayta qurish hamda podstansiyada joylashgan quvvati 125 MVAli ikkita avtotransformatorlarni quvvati 200 MVAli avtotransformatorlarga almashtirish rejalashtirilgan.

  Sarimoy aholi yashash joyiga yaqin hududda 220 kV qayta ulagich punktini qurish nazarda tutilgan.

  Loyihaning umumiy qiymati — 258,5 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan:

  • Osiyo Taraqqiyot Bankining kredit mablag‘lari — 150,0 mln. AQSh dollari hisobida;
  • «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘lari — 35.8 mln. AQSh dollari hisobida;
  • O‘zbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlari shaklidagi hissasi — 72,7 mln. AQSh dollari hisobida.

  Loyihani amalga oshirish muddati: 2016–2020 yillar davomida.

  Loyihaning quvvati:

  • umumiy uzunligi 364 km bo‘lgan 220 kVli «Taxiatosh» IES – Xorazm PS – Sarimoy aholi yashash joyi EUL qurish;
  • 220 kVli «Taxiatosh» IESga 220 kVli ochiq taqsimot qurilmasi o‘rnatish bilan yuklama o‘tkazuvchanligini kengaytirish;
  • 220 kVli «Xorazm» podstansiyasini kengaytirish va qayta qurish;
  • Sarimoy aholi yashash joyiga yaqin manzalda 220 kV qayta ulagich punktini qurish.

  Loyiha qurilishi 220 kV havo liniyasi «Xorazm» podstansiyasidan Sarimoy aholi yashash punkti (I-bosqich) uzunligi 153 km havo liniyasida qurilish-montaj ishlari tugallangan (100%).

  «Taxiatosh» IES dan «Xorazm» PSgacha uzunligi 195,5 km havo liniyasi bo‘yicha, 743 piketdagi tayanch ustunlar o‘rnatildi. Amudaryo daryosi bilan kesishish joylarida 3 ta maxsus tayanchlar o‘rnatish ishlari yakunlandi.

  «Sarimoy» qayta ulash punktida asbob-uskunalarni montaj qilish ishlari tugatilgan bo‘lib, hozirda sozlash-butlash ishlari olib borilmoqda.

  220 kVli «Xorazm» podstansiyasida qo‘shimcha 4 dona yacheyka o‘rnatilgan bo‘lib, uskunalarni montaj ishlari yakunlangan va sozlash-butlash ishlari olib borilmoqda, shuningdek quvvati 200 MVA bo‘lgan ikkita yangi, zamonaviy yuqori kuchlanishli transformatorlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

  «Taxiatosh» IES dagi 220 kVli OTQ (ORU) da asbob-uskunalar montaj qilingan bo‘lib sozlash-butlash (naladka) ishlari olib borilmoqda.

  Loyiha doirasidagi qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida bugungi kunda 227 ta quruvchi-muhandis hamda 96 ta maxsus texnikalar jalb qilingan.

  Mukammal ta'mirlash

  Xorazm viloyatida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufida 2 ta podstansiya 450 MVA va 209,5 km 110-220 kV havo uzatish liniyalari mavjud.

  2020-yilning 3-choragida podstansiyalardagi 5 dona o‘chirgichlarni mukammal ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan.

  Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bajarilgan investitsiya loyihasi natijasida «Taxiatosh» issiqlik elektr stansiyasining yangi energobloklarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini «Xorazm» podstansiyasi orqali Sarimoy aholi yashash qo‘rg‘onidagi qayta ulash punktigacha uzatish imkoniyati yaratildi. Bu amaliyot, o‘z o‘rnida, Navoiy viloyatida joylashgan yirik ishlab chiqarish korxonalarini qo‘shimcha quvvat bilan ta'minlash, elektr ta'minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qilibgina qolmay, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyati iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ravishda ta'minlashni kafolatlaydi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati

Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati

>