Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Bizning mahallamiz 25–30-yildan buyon ulama yog‘och va temir ustunlardan simyog‘och yasab, elektr energiyasidan foydalanmoqda...”
  • 22.07.2022
  • 301

Murojaat egasi: Qurbonov Ne'matjon Hayitboy o‘g‘li, Andijon viloyati

Elektron pochta: qurbonov2509300@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum, Men Qurbonov Ne'matjon Hayitboy o‘g‘li. Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, “Mehnat” MFY, Do‘stlik ko‘chasi, 4-uyda yashayman.
Bizning mahallamizda 25–30-yildan buyon ulama yog‘och va temir ustunlardan simyog‘och yasab, tomma-tom sim tortib, xavfli va yaroqsiz holatda elektr energiyasidan foydalanamiz.
Tegishli tashkilotlardan, Sizdan iltimos, yordam berishingizni so‘rab qolamiz. Oldindan rahmat!

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Ne'matjon Hayitboy o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi.

Siz murojaatda tasvirlab o‘tgan elektr tayanch ustunlari past kuchlanishli elektr tarmoqlari toifasiga kiradi va bu masalaga yechim topish uchun murojaatingiz mazmuni turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

het.uz – rasmiy veb-sayti

Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

Call centre: 1154

O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>