Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Shuhrat Ataboyev, murojaat yo‘llayotganingizda, uning mazmunini to‘liq ifoda etishingiz maqsadga muvofiq. Murojaatchilarga to‘liq ma'lumot (javob) berish — murojaat mazmunining to‘liq, aniq va ravon yozilishiga, qayta bog‘lanish kontaktlari hamda manzil va boshqa ko‘rsatkichlar aniq belgilanishiga bevosita bog‘liq.
Murojaat egasi: Shuhrat Ataboyev, Jizzax viloyati
Elektron pochta: shurat@mail.uz
Murojaat mazmuni: «Qancha qarz bor?»
Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Shuhrat Ataboyev! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.
Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga murojaat yo‘llayotganingizda, uning mazmunini to‘liq ifoda etishingiz maqsadga muvofiq.
“Qarz” so‘zini mantiqan xulosa o‘rnida “Elektr energiyasi ta'minotidan qancha qarzim bor?” mazmunida tushunib, murojaatingizga javob berishga harakat qilamiz.
Hurmatli fuqaro, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.
MA'LUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/12611
‼ Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
het.uz – rasmiy veb-sayti
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari
Call centre: 1154
Ma'lumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning het.uz rasmiy veb-sayti sahifalarida “ISTE’MOLCHILAR UCHUN”, “KALKULYATOR” hamda “SHAXSIY KABINET” nomli ruknlar https://het.uz/oz/pages/view/personal_account mavjud bo‘lib, ulardan iste'molchilar samarali foydalanishlari va bir qancha savollariga aniqlik kiritishlari mumkin.
Ma'lumot o‘rnida: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytida “TASHQI QARZ” nomli rukn bo‘lib, xalqaro moliya institutlari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari haqida ma'lumotlar ushbu va boshqa rukn hamda sahifalarda berib boriladi: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/54.
Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Shuhrat Ataboyev, murojaat yo‘llayotganingizda, uning mazmunini to‘liq ifoda etishingiz maqsadga muvofiq. Murojaatchilarga to‘liq ma'lumot (javob) berish — murojaat mazmunining to‘liq, aniq va ravon yozilishiga, qayta bog‘lanish kontaktlari hamda manzil va boshqa ko‘rsatkichlar aniq belgilanishiga bevosita bog‘liq.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati