Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Bo‘sh ish o‘rni bor bo‘lsa, ishga kirmoqchiman!”
  • 27.06.2022
  • 334

Murojaat egasi: Habibullayev Asadillo Sa'dullo o‘g‘li, Andijon viloyati

Elektron pochta: asadullohabibullayev9@gmail.com

Murojaat mazmuni: «Bo‘sh ish o‘rni bor bo‘lsa, ishga kirmoqchiman. Andijon Mashinasozlik instituti bitiruvchi talabasiman. Komputerda, ofis dasturlarda yaxshi ishlay olaman...»

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Asadillo Sa'dullo o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz elektron pochtalari orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Ma'lumot o‘rnida: «Onlayn rezyume»  https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

MANZIL:  Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta:  kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan murojaat:

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-ob'ektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni  https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

Axborot xizmatidan tavsiya: Hurmatli fuqaro Asadillo Sa'dullo o‘g‘li, mehnat faoliyatingizni boshlashdan oldin o‘zbek tilida imloviy va uslubiy xatolarsiz yozishni o‘rganing. Murojaat matnidagi “bitruvchi”“Kampyuterda office”  kabi imlo va uslubiy xatolar Sizning bilimingiz darajasi haqidagi dastlabki belgi-nishon bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>