Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: “Ishga bepul kirishning imkoni bormi?”
  • 23.05.2022
  • 318

Murojaat egasi: Norqobilov Murotali Rahmatulla o‘g‘li

Elektron pochta: norqobilovmurotali@gmail.com

Murojaat mazmuni: Surxondaryo viloyatidanman. “Milliy elektr tarmoqlari”ga ishga bepul kirishning imkoni bormi?

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Murotali Rahmatulla o‘g‘li! Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Murojaatingizga javob o‘rnida, eng avvalo sizga shuni ma'lum qilishimiz lozimki, tashkilotimizning to‘liq nomi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, undagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish jarayonlari mehnat qonunchiligiga asosan (amaldagi qonunlarga muvofiq), belgilangan tartiblarga ko‘ra amalga oshiriladi.

Bugungi kunda «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, energetika tizimi bo‘yicha faoliyat yuritadigan milliy dispetcherlik markazi, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud. Jamiyatga qarashli 85 ta podstansiya va 11 400 km dan ortiq 220–500 kVli magistral havo elektr uzatish liniyalari mavjud. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va tarkibidagi tuzilma hamda filiallarda jami bo‘lib 4300 nafardan ziyod mutaxassis-xodimlar mehnat faoliyati olib bormoqda.

Bo‘sh ish o‘rinlariga belgilangan talablarga muvofiq nomzodlarni tanlab ishga qabul qilish Filial rahbariyati va xodimlar bilan ishlashga mas'ul mutaxassislar zimmasiga yuklatilgan. Faqat rahbar kadrlarning bo‘sh ish o‘rinlariga tavsiya qilingan nomzodlari Aksiyadorlik jamiyatining ma'muriyati orqali tegishli tartibda suhbatdan o‘tkazilib, tegishli bo‘lim va boshqarmalardan ijobiy tavsiya olganidan so‘ng ishga qabul qilinishi mumkin.

Agar siz bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish jarayonida ta'magirlik, qaydaydir to‘siq va korrupsion holatlarga duch kelsangiz, eng avval, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasiga, Ishonch va Yagona telefon raqamlariga, shuningdek, Moliyaviy boshqaruv, biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limining maxsus 71 2085649 raqamiga (Korrupsiyaga qarshi kurash — «O‘zbekiston MET» AJ Chat https://t.me/+5-_dsTsiElAxMTRi) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumot:

Hurmatli fuqaro, Murotali Rahmatulla o‘g‘li, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishga kirishingiz uchun, dastlab, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadr_nes@mail.ru elektron pochtasiga rezyume-ma'lumotnomangizni yuborishingiz lozim.

Yangilik: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida uzbekistonmet.uz «Onlayn rezyume» funksiyasi ishga tushirildi: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume. Bu yangi qulaylik ishga kirish istagida bo‘lgan mutaxassislar bilan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislarini bevosita, onlayn rejimda bog‘lab, ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6851; 71-236-6190.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@mail.ruinfo@uzbekistonmet.uz

 

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta'mirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy ta'lim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta'minlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan ma'lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi ma'lumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga ma'qul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

 

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>