Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
“Bugungi o‘zgaruvchan sharoitda iqtisodiyotimizni barqaror o‘sishini ta'minlashning eng samarali yo‘li – ichki imkoniyatlarni ishga solish, ya'ni import bo‘layotgan tayyor mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirishdan iborat.
Bu milliy iqtisodiyotimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak.
Buni o‘ylamagan, atrofdagi vaziyatdan bexabar, siyosatni tushunmaydigan hokim yoki tarmoq rahbarining ishlashga haqqi yo‘q”, dedi davlatimiz rahbari.
37 trillion so‘mlik yangi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 2022-2023-yillar uchun 2,5 mingta loyihani ishga tushirish bo‘yicha qabul qilingan dasturning aniq ijrosini so‘rash vaqti kelgani qayd etildi.
Prezident ko‘p tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada hali dunyoqarashini o‘zgartirmagani, hozirgi vaziyatdan xulosa chiqarmayotganini tanqid qildi.
Manba:
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1378
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1379
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1380
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1381
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1382
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1383
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1384
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1385
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1386
https://t.me/Press_Secretary_Uz/1387
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati