Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
“Bugun, sizlar bilan bahorning birinchi kunida hammamiz uchun muhim bo‘lgan masala – xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqyeini yanada mustahkamlash bo‘yicha eng dolzarb vazifalarni belgilab olamiz.
Sizlarga ma'lumki, ko‘p ming yillik davlatchiligimiz tarixida buyuk namoyandalarimiz, mohir sarkarda va siyosatchi bo‘lgan ota-bobolarimiz yonida hamisha oqila, jasur va fidoyi momolarimiz ham o‘zlarining yuksak aql-zakovati, teran fikr va mulohazalari, amaliy harakatlari bilan mamlakat taraqqiyoti va ravnaqiga munosib hissalarini qo‘shib kelganlar.