«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda»
Prezident: O‘zbekiston mintaqadagi eng ochiq davlat maqomini qo‘lga kiritdi
  • 24.03.2022
  • 393

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari forumning barcha ishtirokchilarini samimiy qutladi.

“O‘zbekiston zamini ko‘p asrlar davomida dunyoning turli mintaqalaridagi savdogar, ishbilarmon va tadbirkorlar e'tiborini o‘ziga tortib kelgan.

Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan yurtimiz qadimdan Osiyo, yevropa va Afrika qit'alarining karvon yo‘llari tutashgan hudud sifatida mashhur bo‘lgan.

Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya, Misr kabi mamlakatlarda shakllangan sivilizatsiya va madaniyat namunalari aynan qadimgi Movarounnahr, hozirgi O‘zbekiston hududida uchrashib, bir-birini o‘zaro boyitib kelgan.

Buning natijasida 3 ming yillik davlatchilik tarixiga ega mamlakatimiz uzoq davr mobaynida dunyoning savdo, iqtisod, ilm-fan, madaniyat va san'at yuksak ravnaq topgan markazlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan”, dedi Prezident.

 

 

>