«Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda»
“O‘zbekiston MET” AJ: Fransiya, Qatar va Yaponiya kompaniyalari konsorsiumi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi
  • 28.03.2022
  • 337

“Sirdaryo viloyatida quvvati 1600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasi bo‘yicha joriy yilning 25-mart kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va EDF (Fransiya), Nebras Power (Qatar) hamda Sojitz (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Shartnoma Konsorsium katta vitse-Prezidenti Beatris Buffon xonim va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Dadajon Isaqulov tomonidan imzolandi.

 

Loyiha Sirdaryo viloyati, Shirin shahrida 150,0 gektar yer maydonida qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2024-yilning may oyida ishga tushirish kutilmoqda.

Loyihaning yillik elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 12,3 mlrd. kVt•soat bo‘lib, bu Sirdaryo viloyati va qo‘shni viloyatlar elektr energiyasi bilan ta'minlash sifati hamda hajmini oshirishga katta hissa qo‘shadi.

Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/10757

Shuningdek, birinchi Toshkent xalqaro investitsion forumi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Unda energetika sohasida qo‘shma ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, energetika tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali olingan quvvatlarini integratsiya qilish sohasida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

► Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

https://t.me/Energetika_yoshlari/1007

https://t.me/EnergetikaTDTU/9623

https://www.spot.uz/oz/

https://t.me/kunuzsirdaryoviloyati/6241

https://dunyo.info/uz/

https://xabardor.uz/uz/6108

https://xs.uz/uz/75244

https://uzreport.news/

https://daryo.uz/


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>